Barcha mahsulotlar

Simply Stomatologiya

Klinikangiz — bemordan to'lovgacha bitta tizimda

Bemorlar kartotekasi, qabul jadvali, davolash rejasi, rentgen suratlari va kassa — stomatologiya klinikasi uchun to'liq boshqaruv tizimi. Rentgen apparati bilan to'g'ridan-to'g'ri integratsiya qilingan.

Stomatologiya klinikalari va xususiy shifokorlar uchun

2x

tezroq qabul

0

yo'qolgan karta

24/7

kirish imkoni

Narx tizim hajmi va foydalanuvchilar soniga qarab belgilanadi — demo so'rang, hisoblab beramiz.

Bepul demo olish

Bu tizimda ishlaydi

  • Maymanoq StomklassStomatologiya

Imkoniyatlar

Kundalik ishingiz uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Bemorlar bazasi

Har bir bemorning to'liq tarixi: tashriflar, davolash, hujjatlar va fayllar bitta kartada.

Qabul jadvali

Shifokorlar bo'yicha kunlik jadval, band vaqtlar va avtomatik SMS eslatmalar.

Rentgen integratsiyasi

Simply X-ray Agent orqali apparatdan suratlar to'g'ridan-to'g'ri bemor kartasiga tushadi.

Kassa va DDS

To'lovlar, xarajatlar, pul oqimi hisoboti — klinika moliyasi to'liq nazorat ostida.

SMS va Telegram

Bemorlarga eslatma, shifokorga bildirishnoma — SMS va Telegram bot orqali.

Hisobotlar

Shifokor samaradorligi, xizmatlar bo'yicha daromad, davr kesimida tahlil.

Qo'shimcha modul

Simply X-ray Agent

Rentgen apparatidan bemor kartasiga — qo'lsiz

Rentgen kompyuteriga o'rnatiladigan kichik Windows dasturi. Apparat rasm saqlaydigan papkani kuzatib turadi va yangi suratni Simply Stomatologiya serveriga o'zi yuboradi. Fleshka, qo'lda nusxalash yoki alohida kompyuterda saqlangan arxiv kerak emas.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    O'rnatish

    Bitta faylni ishga tushirasiz, 6 raqamli ulash kodini kiritasiz va rasm papkasini ko'rsatasiz. Shu bilan tugadi.

  2. 2

    Bemorga biriktirish

    Shifokor bemor sahifasida "Rentgen olish" tugmasini bosadi — keyingi surat o'sha bemor kartasiga tushadi.

  3. 3

    Doim ishlaydi

    Windows xizmati sifatida kompyuter yonganda o'zi ishga tushadi, uzilsa qayta tiklanadi. Xodim hech narsa yoqmaydi.

  4. 4

    Internet uzilsa ham

    Aloqa yo'q paytda suratlar navbatda saqlanadi va internet tiklanishi bilan yuboriladi. Bir surat ikki marta ketmaydi.

  • Simply Stomatologiya tarifiga kiradi — alohida to'lov yo'q.
  • Windows kompyuter va apparat rasm saqlaydigan papka kerak (tarmoq papkasi ham bo'ladi).
  • Apparat modeli muhim emas — JPG yoki PNG saqlasa, ishlaydi.

Biznesingizni tartibga solishni bugun boshlang

Demo so'rang — sohangizga mos tizimni ko'rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Bepul demo olish